TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 68 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4937 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 26 nafari — Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari — Toshkent shahrida (shundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari bemor bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.
Davolanish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 116 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 3 874 nafar.
Ayni paytda 1044 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Mobil dastur
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Janubiy Koreyaning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu telefon orqali tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, ular bemorlarning aloqalari va harakatlarini kuzatadigan mobil dasturni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.
“Kovid”ga qarshi kurash masalasi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, unda asosiy e’tibor COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatga qaratildi.
Komilov hamkasblariga mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida malumot berdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston tegishli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan faol hamkorlik qilayotgani, mintaqaviy darajada qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Dunyo salomatligi
COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 7,4 milliondan oshdi, 418 ming kishi vafot etdi.