“Odamga o‘xshab” o‘tirgan kuchuk internet yulduziga aylandi – foto

Obuna bo‘lish
“Odamga o‘xshab” o‘tirgan pitbul zotli kuchuk internet yulduziga aylandi. Bu post 190 ming retvit va 1,2 milliondan ortiq layk to‘pladi.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. "Odamga o‘xshab" o‘tirishni biladigan kuchuk internet yulduziga aylandi.

Twitterda ohmyitsbrittt nikli foydalanuvchi o‘z kuchugining suratini tarmoqqa joylashtirdi. Suratda pitbul zotli it divan oldida oyog‘ini cho‘zgan holda o‘tirishi aks etgan.

​

Bu post 190 ming retvit va 1,2 milliondan ortiq layk to‘pladi.

Foylanuvchilar surat ostida ko‘plab izohlar qoldirishmoqda.

“Kechirasiz, unga nima ovqat berapsiz?!”, deb qiziqish bildirgan B Willi.

Boshqa foydalanuvchi esa “men kechasi birda bunday kuchli kulmasligim kerak” deb yozgan.

​

Ko‘pgina foydalanuvchilar o‘zlarining uy hayvonlarining nooddiy tarzda o‘tirgan fotosuratlari bilan bo‘lishishdi.

"Mening itim har doim shunday qiladi. Men uni yagona deb o‘yladim", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

​

Yangiliklar lentasi
0