O‘zbekiston sharqida diniy ekstremistlar guruhi fosh etildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘ngi paytlarda mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari muntazam ravishda diniy ekstremistik tashkilotlar a’zolarining hibsga olingani haqida xabarlar berishmoqda.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. 12-iyun kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekistonda taqiqlangan “Jihodchilar” ekstremistik oqimining bir guruh a’zolarini hibsga oldilar. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, Izboskan va Asaka tumanlarida istiqomat qiluvchi va ekstremistik guruh faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan bir qator fuqarolarning uylarida IIB Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tintuv va musodara ishlari olib borilgan.

"Olib borilgan tergov harakatlari natijalariga ko‘ra, ularning ba’zilarining telefon apparatlari va komputerlari xotiralarida taqiqlangan adabiyotlarning elektron nusxalari saqlanib, ularni fuqarolarga tarqatib, o‘zlarining tashviqot maqsadlarida foydalanishga harakat qilishgan", - deyiladi habarda.

Dastlabki tergov davomida guruhning ba’zi a’zolari, ilgari Rossiyada mehnat migratsiyasida bo‘lib, ekstremistik oqim ta’siriga tushib, uning mafkurasini qo‘llab-quvvatlashgani ma’lum bo‘ldi. Boshqalari esa Internetda “Jihodchilar” harakatining targ‘ibot materiallarini ko‘rishi natijasida uning tarafdorlari bo‘ldi va keyinchalik boshqa odamlarni ham bunga jalb qila boshladilar. Ularning barchasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

So‘ngi paytlarda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari muntazam ravishda diniy ekstremistik tashkilotlar a’zolarining hibsga olingani haqida xabarlar berishmoqda. Shu yilning yanvar oyida mamlakat Ichki ishlar vazirligi Toshkentda faoliyat yuritayotgan taqiqlangan diniy ekstremistik harakatning bir guruh ishtirokchilarini qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shu hafta Surxondaryo viloyatida “Jihodchilar” guruhi a’zolarining noqonuniy faoliyati bartaraf qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0