Turk kengashi davlatlari COVID-19 monitoring tizimini tashkil qiladi

© Sputnik / Murad OrujovVneocherednoe zasedanie Soveta ministrov inostrannix del Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv (Turkskogo soveta) v Baku, 6-fevralya 2020 goda
Vneocherednoe zasedanie Soveta ministrov inostrannix del Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv (Turkskogo soveta) v Baku, 6-fevralya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiy tilli davlatlar tibbiyot mutaxassislari uchun onlayn treninglar, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturlar, shuningdek, videokonferensiyalar shaklida xalqaro ilmiy va amaliy tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) davlatlari COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni kuzatadigan yagona tizim yaratadilar, deb qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

"COVID-19 ga qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasida umumiy ma’lumotlar bazasi va epidemiologik monitoring tizimini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyiladi TIVning Telegram-kanalida.

Kengash a’zolari a’zo mamlakatlarning tibbiy ekspertlari va kuzatuvchilar uchun onlayn treninglar, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturlar, shuningdek, videokonferensiyalar shaklida xalqaro ilmiy va amaliy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilotning favqulodda sammitida koronavirusga qarshi kurashish kengashining tibbiy muassasalari o‘rtasida doimiy muloqot o‘rnatishni taklif qilgan edi.

2009 yil oktabr oyida tashkil etilgan Turkiy Kengash zamonaviy turkiy davlatlarni birlashtirgan xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy maqsadi ular o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdir. Unga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi, Vengriya kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

 

Yangiliklar lentasi
0