Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonga navbatdagi parvoz amalga oshirildi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishAeroport "Pulkovo" v Sankt-Peterburge
Aeroport Pulkovo v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya boshidan buyon Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikka yordam so‘rab murojaat qilgan mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Birinchi navbatda katta yoshli fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar olib chiqildi.

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Ayni damda Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarini vatanniga olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar qilda Sputnik muxbiri.

"Mart oyining oxiridan boshlab Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonga 7ta evakuatsiya reysi amalga oshirildi. Konsullikka mingga yaqin odam yordam so‘rab murojaat qilgan. Keksalar, yosh bolali ayollar, homilador ayollar birinchi navbatda jo‘natilmoqda", - deyiladi ma’lumotda. 

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, keyingi evakuatsiya parvozi ikki haftadan keyin amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, pandemiya boshlangan vaqtdan buyon O‘zbekiston butun dunyo mamlakatlaridan 16 mingdan ortiq fuqarolarni olib chiqdi, jumladan Rossiyadan 10,7 mingdan ko‘proq kishilar charter reyslarda vataniga qaytarildi. 

 

Yangiliklar lentasi
0