Otliq arava shahar ko‘chalar bo‘ylab harakatlanayotganda odamlar uning ortidan ergashib, “Men nafas ololmayapman” va “Jorj Floyd” deb baqirishdi.
Hibsga olish paytida politsiya xodimining qo‘pol xatti-harakati oqibatida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar va dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida irqchilik va politsiyaning shafqatsizligini qoralovchi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarning "Qoratanlilarning hayoti ahamiyatga ega" shiori xalqaro miqyosga aylandi.