Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi

© Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblastiV Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest
V Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatida karantin shaharchasi qurib bitkazildi, uning yonidan 150 o‘rinli shifoxona ham qurilmoqda.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi, deb xabar qilmoqda Namangan viloyati koronavirus bo‘yicha shtabi.

Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi) barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi, - deyilgan xabarda.

© Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblastiV Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest
Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi - Sputnik O‘zbekiston
V Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest

Konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta’minlangan.

© Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblastiV Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest
Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi - Sputnik O‘zbekiston
V Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest

Endigi asosiy e’tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan. Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. Hozirda 270 nafar muhandis va quruvchi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada ish tashkil etilgan.

© Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblastiV Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest
Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi - Sputnik O‘zbekiston
V Namangane postroili karantinniy gorodok na 1200 mest
Yangiliklar lentasi
0