Moskvada aholining COVID-19ga qarshi immuniteti o‘sishi qayd etildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPassajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva aholisi orasida ikki hafta ichida COVID-19ga qarshi immunitet 5%ga o‘sgani qayd etildi - shahar hokimiyati.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Moskvaliklarning 17,4%ida COVID-19ga qarshi immunitet o‘sishi qayd etildi. Bu haqida shahar merining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.

"Biz bir oydan ortiq vaqt davomida aholining umumiy immuniteti o‘sishi miqdorini tekshirib kelmoqdamiz. Tekshiruvning 1-bosqichi 4 - 21-mayda o‘tkazilgan edi. O‘shanda moskvaliklarning 12 % ida immunitet qayd etilgan edi. Bugun ana shu sinovning ikkinchi bosqichi yakunlandi va moskvaliklarning 17,4 %ida immunitet paydo bo‘lgani qayd etildi. Demak 2 hafta ichida aholining umumiy immuniteti 5% ga o‘sgan", - dedi Rakova.

Biroz oldin Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada 650 ming kishida koronavirusga qarshi antitelalar mavjudligini tekshirilgani va 46 hudud aholisining 14 %ida ana shunday immunitet borligi aniqlanganini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 27-maydan boshlab Moskvada istagan kishi o‘z organizmida koronavirusga qarshi antitelalar bor yo‘qligini tekshirib ko‘rishi mumkin. Shahar hokimiyati bugungi kunda ishlashni boshlagan barcha tashkilot rahbariyatiga xodimlarni ana shunday sinovdan o‘tkazishni maslahat beragn edi.

Yangiliklar lentasi
0