TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Koinotni kuzatuvchi olimar FRB 121102 deb nomlanuvchi radioavjlanishlar to‘lqini har 157 kunda takrorlanayotganini payqashdi, deb xabar beradi National Geographic, Buyuk Britaniyaning Jodrell-Bank observatoriyasi mutaxassislariga asoslanib.
FRB 121102 2012-yilda aniqlangan - bu koinotdagi ma’lum radioavjlanishlarning eng faolidir. Shu vaqtga qadar astronomlar ushbu to‘lqinlarda muntazamlik yo‘q, ular hech qanday qoidaga bo‘y so‘nmaydi deb hisoblashgan edi. BU safar ilk bor ushbu to‘lqinlar ma’lum muddatda takrorlanayotgani aniqlandi.
Yangi tadqiqotga ko‘ra, FRB 121102 taxminan 90 kunlik ko‘p marotabali avjlanishlarni, so‘ngra 67 kunlik tanaffusni ko‘rsatadi. Shundan so‘ng 157 kunlik sikl takrorlanadi. Agar tahlil to‘g‘ri bo‘lsa, manba 2-iyun kuni yangi faoliyat sikliga kirishi kerak edi. Tadqiqotchilar aytishicha, bu sirli signallarning ba’zi ehtimoliy sabablarini yo‘qqa chiqaradigan ajoyib kashfiyot.
"Biz hisoblaymizki, bu shunchaki ikkinchi tizim, unda portlash faolligida shunga o‘xshash modulyatsiya namoyon bo‘ladi. Davriylikni aniqlash portlashlarning kelib chiqishini muhim cheklaydi", - tadqiqot muallifi Kaustubha Rajvada so‘zlaridan NatGeo iqtibos keltiradi.
FRB kosmosning eng qiziqarli sirlaridan biridir. Bu Yerdan millionlab yorug‘lik yilida joylashgan chuqur kosmosdan, galaktikalardan kelgan juda kuchli radio signallar. Ulardan ba’zilari quyoshdan 500 million baravar ko‘proq energiya chiqaradi. Bu kuchli signallarning ehtimoliy sabablari neytron yulduzlari, qora tuynuklar, qo‘shaloq yulduzlar bilan pulsarlar, portlovchi pulsarlar, magnitarlar va hatto o‘zga sayyoraliklar.