Zubes: "Joriy voqelikda iqtisodiy vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda"

© Sputnik / Anton DenisovAleksey Zubes irektor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF, doktor ekonomicheskix nauk
Aleksey Zubes irektor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF, doktor ekonomicheskix nauk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubes iqtisodiy rivojlanishning boshlang‘ich nuqtasi qanchalik past bo‘lsa, u texnologiyalarni, boshqa mamlakatlarning tayyor ishlab chiqarish yechimlarini tez jalb qilish hisobiga shunchalar tez rivojlanadi deb hisoblaydi.

Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga qaramay, noyob iqtisodiy o‘sishni kutilmoqda. Iqtisod fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti prorektori Aleksey Zubes ushbu ma’lumotlarga izoh berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, bugungi kunda prognozlar kundan-kunga o‘zgarib bormoqda va ehtimol O‘zbekiston, sobiq ittifoq hududida zararlarsiz ijobiy iqtisodiy o‘sishga erishgan yagona mamlakat bo‘lmasligi ham mumkin.

"O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotli mamlakati hisoblanadi, chunki so‘nggi yillarda hokimiyat tepasiga kelib mamlakatni boshqarayotgan odamlar jiddiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqdalar: investitsiyalarni jalb qilmoqdalar, mamlakatni tashqi sarmoyaviy aloqalar uchun ochmoqdalar", - dedi Zubes.

Ekspertning ta’kidlashicha, transformatsiya siyosati va haddan tashqari tartibga solishdan ozod qilish investitsiyalar, ichki resurslar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, taalluqli liberal institutlarning paydo bo‘lishi tufayli mamlakatni jadal rivojlanishiga olib keladi.

Mutaxassisning batafsil sharhlarini podkastda tinglang.

Zubes: v nineshnix realiyax ekonomicheskaya situatsiya menyayetsya postoyanno
Yangiliklar lentasi
0