Toshkent nega “sariq” hudud bo‘lib qolmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay nega “sariq” hudud bo‘lib qolayotgani ochiqlandi. O‘tgan yakshanba kuni poytaxtda rekord darajada koronavirus holati aniqlangan edi.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov AOKAdagi brifingda Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay nega “sariq” hudud bo‘lib qolayotganini tushuntirdi.

Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi

Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obyektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda poytaxtda jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi “qizil”, 132 tasi “sariq”, 339 tasi esa “yashil” hududga ajratilgan.

Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0