Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLyudi na rinke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19
Lyudi na rinke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reyting dunyoning turli shaharlarida tovarlar va xizmatlar, shu jumladan ijara uyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, dam olishni hisobga olgan holda tuzilgan.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkent eng arzon shaharlar reytingiga kiritildi. Bu Mercer kompaniyasi tomonidan tayyorlangan tahliliy materialida aytilgan.

Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent bo‘ylab yana avtobuslar harakati tiklandi – foto

"O‘zbekiston poytaxti 206-o‘rinda", - deyiladi axborotda.

Undan keyin Bishkek, Vindxuk va Tunis joylashgan. Kompaniya reytinggiga ko‘ra, eng qimmat hayot Gonkong, Ashxobod, Surix, Singapur va Tokioda.

Reyting dunyoning turli shaharlarida tovarlar va xizmatlar, shu jumladan ijara uyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, dam olishni hisobga olgan holda tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Numbeo statistika resursi mutaxassislari dunyoning eng qimmat shaharlari reytingini tuzishgandi. Ro‘yxatga jami 440 shahar kiritilgan. Dastlabki besh qator Shveysariya shaharlari: Surix, Bazel, Lozanna, Jeneva va Bern.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek 410-chi o‘rinni egalladi, Toshkent esa 413-chi o‘rinda joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0