Peskov: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishParadnie rascheti vo vremya parada v Moskve
Paradnie rascheti vo vremya parada v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning shu yilning 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga keladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Otkritie pamatnika knyazyu Vladimiru na Boroviskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Moskva MDH davlatlari yetakchilariga G‘alaba paradiga taklifnomalarni yangilaydi

“Bizda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistondan hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiyadan ishtirok etish (G‘alaba paradida – tahr.) tasdig‘i bor”, - dedi Peskov.

Shuningdek, u qator davlat rahbari taklifnoma olgani va Rossiya ularning ishtirok etish tasdig‘ini kutayotganini ta’kidlagan.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati bu haqda e’lon qilmagan.

Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan parad 24-iyun kuni o‘tkazilishini e’lon qildi. Dmitriy Peskov Moskvadagi G‘alaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0