Yana bir mamlakatda so‘nggi koronavirus bemori tuzaldi

© AP Photo / Denis GrayGorod v Laose Luangpxabang
Gorod v Laose Luangpxabang - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Laosda koronavirusdan tuzalgan so‘nggi bemor kasalxonadan chiqarildi. Mamlakatda so‘nggi 58 kun davomida yangi kasallanish holati kuzatilmagan edi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Laosda koronavirusdan tuzalgan so‘nggi bemor kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“So‘nggi bemorga ikkita koronavirusga topshirilgan manfiy testdan javob berildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Laosda pandemiya vaqtida jami 19 ta koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan. So‘nggi 58 kun davomida mamlakatda yangi kasallanish holati kuzatilmagan.

Laos Janubiy-Sharqiy Osiyoda chegaralarini yopgan va xorijdan kelganlar uchun karantinni majburiy joriy qilgan birinchi mamlakatlardan biri sanaladi. Mamlakat shaharlarda o‘zini o‘zi yakkalash tartibini joriy etib, hududlararo harakatlarni ham cheklab qo‘ygan edi.

Kuni kecha Yangi Zelandiyada birorta ham COVID-19 bemori qolmagani ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0