Vodiy halqa temir yo‘li

Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysida 2021-yilning birinchi kvartalidan boshlab Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon va Namangan shaharlarini tutashtiruvchi halqa temir yo‘li ishga tushadi.

Halqa temir yo‘lning umumiy uzunligi 331 km bo‘ladi va u Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon va Namangan shaharlari bo‘ylab harakatlanadi.

Poyezd "ekspress" va "standart" yo‘nalish bo‘ycha harakatlanadi. Ekspress elektropoyezdda yo‘lda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Yo‘l chiptasi narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘lishi kutilmoqda. Poyezdlar konditsioner, Wi-Fi va USB quvvatlagich bilan jihozlanadi. Shuningdek, bufet, moto-velosiped uchun maxus joy, biohojatxona boshqa qulayliklar yaratiladi.

Farg‘ona vodiysi halqa temir yo‘li haqida infografikamizda batafsil tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0