TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 9-iyun kuni soat taxminan 12:12larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent viloyati Angren shahar Navoiy ko‘chasida voyaga yetmagan fuqaro J.D. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, ariq ustiga o‘rnatilgan temir panjara orasiga oyog‘i siqilib qolganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi.
Bu xabar yuzasidan Angren shahar navbatchilik maskanidan leytenant Sh.Qudratov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar maxsus avariya-qutqaruv mashinasida voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi.
Qutqaruvchilar tomonidan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda fuqaro J.D.ning oyog‘i maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida temir panjara orasidan chiqarib olindi hamda bolaga birinchi psixologik yordam ko‘rsatilgan holda Angren shahar markaziy shifoxonaga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borildi.