TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Toshkent viloyatidagi zavodlardan birida devor qulashi oqibatida uch ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Bosh prokuratura xabariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Hodisa Qibray tumanidagi temir-beton zavodi hududida sodir bo‘lgan.
“Natijada devor qulashi paytida uning yaqinida ishlagan uch xodim voqea joyida halok bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining inson o‘limiga olib kelgan tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.