Toshkentda faoliyatini qayta tiklagan avtobuslar ishiga nazar – video

Obuna bo‘lish
8 iyun kunidan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida avtobuslar faoliyatini qayta tikladi.

Joriy yilning 8-iyunidan "sariq" va "yashil" hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. "Damas", mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Avtobuslar soat 6:00 dan 22:00 gacha harakati qiladi. Avtobuslar doimiy ravishda to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

Bir necha muddat avval poytaxt ko‘chalari bo‘m-bo‘sh edi, hozir esa yana hayot qaynamoqda. Biroq shuni unutmaslik lozimki, karantin choralari yengillashtirilgani, bu kasallik ustidan batamom g‘alaba qozonildi degani emas. O‘zingizni ehtiyot qiling va barcha zaruriy qoidalarga rioya qiling! Zero salomatligingizni asrab-avaylash o‘z qo‘llaringizda!

Yangiliklar lentasi
0