TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda mutaxassisga ishxonada ish kabinetida konditsioner orqali yuboriladigan havodan kasallik tarqalishi mumkinmi degan savol berildi.
“Markazlashgan umumiy konditsionerlar orqali virus havo orqali yuqishi mumkin”, - dedi u.
Shuningdek, u chet eldan kelgan fuqarolarkarantinga olingan vaqtda ularning yuklari qanday yuk turiga kirishidan qat’iy nazar 100 foiz zararsizlantirilishini ta’kidlagan.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 352 nafarga yetgan. 3354 nafar, ya’ni 77 foiz bemor to‘liq sog‘aygan.