TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Xitoy COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish va barcha klinik sinovlardan o‘tkazgandan so‘ng butun dunyo bo‘ylab tarqatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Jenmin jibao" gazetasi yozmoqda.
Avvalroq, mamlakatning fan va texnika vaziri Vang Chjigan bu qarorni "COVID-19 bilan kurashish: Xitoyning harakatlari" Oq kitobining nashr etilishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qildi.
Bundan tashqari u, Pekin, Prezident Si Szinpin 73-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasida aytgan barcha majburiyatlarni bajarishiga ishontirdi.
Vang Chjiganning qo‘shimcha qilishicha, vaksinalarning besh turi ishlab chiqilmoqda, ularning ayrimlari sinovdan o‘tmoqda. Dori vositalarining xavfsizligi, samaradorligi va mavjudligiga ustuvorlik beriladi, dedi u.
"Insoniyatning epidemiyalarga qarshi kurash tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularga qarshi kurashishning fundamental strategiyasi aynan vaksinalarni ishlab chiqishdir. <...> Dunyo ularning ishlab chiqilishi va keyingi bosqichlarida hamkorlikni kuchaytirishi kerak", - deb ta’kidladi vazir.
Avvalroq Sputnik radiosi Britaniyada COVID laboratoriyadan tarqalganligi haqida gapira boshlaganliklarini xabar qildi.
Qisqa audio yozuvdan siz vaksinani yaratish jarayoni nima uchun uzoq davom etishini bilib olasiz.