Italiya kompaniyasiga Xorazmda osotr baliqlarini ko‘paytirish taklif qilindi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishVirashivanie osetrov v laboratorii
Virashivanie osetrov v laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salmopan-Adamas Caviar - Yevropada va Italiyada mashhur bo‘lgan Adamas Caviar ikra markasining ishlab chiqaruvchisi va baliqchilik sanoatining yetakchilaridan biridir.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Onlayn muzokaralar davomida Italiyaning Salmopan-Adamas Caviar kompaniyasiga Xorazm viloyatida osotr balig‘i va qora ikra ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihasini amalga oshirishni o‘rganish taklif etildi, deb xabar beradi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi.

Lyudi v Uzbekistane spasayutsya ot solyanix bur na Arale i sajayut les na dne morskom - Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizi, aerodrom va himoya o‘rmonzorlari: hukumat qarori tayyorlandi

Uchrashuv O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Shuningdek unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (SRIP) va Khorazm Baliq Cluster kompaniyasi vakillari, hamda Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Farian Sabaxi ishtirok etdilar.

Muzokaralari davomida kompaniyaga Xorazm viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Viloyat baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish hajmi bo‘yicha respublikada uchinchi o‘rinda ekanligi qayd etildi.

"Bundan tashqari, bir vaqtlar Orol dengizida osotrlarning mutlaqo boshqacha guruhi yashagan, - deya ta’kidladi SRIP direktori o‘rinbosari Murod Mirzayev, - Ushbu loyihaning ahamiyati, shuningdek, "ship" va "lopatonos" yo‘qotilgan osotr turlarini qayta tiklash imkoniyatidadir.

Onlayn uchrashuv natijalariga ko‘ra tomonlar muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsilroq ma’lumot almashinuvi, shuningdek, baliq va ikra yetishtirish sohasida hamkorlik memorandumini oldindan tayyorlash to‘g‘risida kelishib oldilar.

Salmopan-Adamas Caviar  1988-yilda Shimoliy Italiyadagi tabiiy suvlarda boqiladigan baliqlar populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va eksklyuziv osotr ikrasini olish maqsadida tashkil topgan. Kompaniya Yevropada va Italiyada mashhur bo‘lgan Adamas Caviar ikra brendining ishlab chiqaruvchisi va baliqchilik sanoatining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0