TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston transport vazirligi fuqarolarni xorijdan qaytarish uchun yana 19 ta charter reyslarni, jumladan, Rossiyaga amalga oshiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan qaytarish uchun 8-iyundan 21-iyungacha charter reyslar jadvali tuzilgan”, - deyilgan xabarda.
Jadvalni Koronavirusga qarshi kurash respublika maxsus komissiyasi tasdiqlagan. Jadvalga binoan xorijiy mamlakatlarga 19 ta parvoz amalga oshiriladi. Jumladan, 11 ta reys Rossiya shaharlariga: 8 ta Moskvaga, bittadan Yekaterinburg, Qozon va Novosibirskka. Shuningdek, Dubay, Istanbul, Seul, Tel-Aviv va Rimga reyslar amalga oshiriladi. Rimga qo‘yilgan reys haqida keyinroq e’lon qilinadi.
Reyslar jadvali:
8-14 iyun
8 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
9 iyun. Toshkent — Seul — Toshkent
9 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
11 iyun. Toshkent — Novosibirsk — Toshkent
12 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
12 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
13 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
14 iyun. Toshkent — Dubay — Toshkent
15−21 iyun
15 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
15 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
16 iyun. Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent
16 iyun. Toshkent — Dubay — Toshkent
17 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
19 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
19 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
19 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent
20 iyun. Toshkent — Qozon — Toshkent
21 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent
21 iyun. Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent