TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqda tarqalgan avtomobilda tibbiy niqobsiz bo‘lish mumkinligi haqidagi ma’lumot yuzasidan izoh berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga manba havola qilingan holda avtomobilda tibbiy niqobsiz bo‘lish mumkinligi haqidagi ma’lumot tarqalgan edi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haqiqatdan ham shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas).
Ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:
- haydovchi avtomobil salonida yolg‘iz bo‘lishi kerak;
- haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz bo‘lishi mumkin. Ya’ni, agar haydovchi yo‘l chetida to‘xtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.