Tun davomida Toshkentda birdaniga 87 kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKontrolno propusknoy punkt "Roxat" pri vyezde v Tashkent
Kontrolno propusknoy punkt Roxat pri vyezde v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi koronavirus holatlarining barchasi poytaxtda aniqlangan. Ularning hammasi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Tun davomida Toshkentda birdaniga 87 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.

“2020 yil 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 (+87) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Katalka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Hozirda 3268 nafar kishi koronavirus kasalligidan davolanib chiqqan.

896 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0