TIV AQShning "demokratiya" bo‘yicha nasihatlari podborkasini e’lon qiladi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, RF TIV AQSh tomonidan qilingan "demokratiya saboqlari" to‘g‘risidagi podborka "trolling" maqsadida emas, balki shunchaki, kelgusida yodda saqlashlari uchun e’lon qiladi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh so‘nggi 10-yil davomida "qanday qilib butun dunyoga demokratiyadan saboq bergani" to‘g‘risida podborkani e’lon qiladi, dedi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

AQShdagi tartibsizliklar: amerikaliklar aybni Rossiyaga to‘nkashga harakat qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Norozilik olovida: AQSh tartibsizliklarda Rossiyani ayblashga harakat qilmoqda

"Men biz ham "trolling" qilishni bilamiz, demoqchi edim. Bu ikkilanish bo‘y ko‘rsatgan shundayin bir tarixiy lahza. Chunki ertaga  ehtimol TIVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, TIV Facebookida maxsus podborkalarni e’lon qilamiz. Amerikalik hamkasblarimiz bizga qanday saboq berishgani haqida bundan ham battar iqtiboslar bor, lekin biz so‘nggi 10-yil davomida ular butun dunyoga qanday qilib o‘sha demokratiyadan saboq bergani haqida maxsus podborkalarni tayyorladik. Ular qanday qilib aql o‘rgatishgani, pand-nasihat qilishgani, e’tiroz bildirishgani, ommaviy "savalash"larni uyushtirishganini ko‘rsatib beramiz. Bu hatto trolling emas", - dedi Zaxarova YouTube-kanaldagi "Solovyev LIVE" efirida "Rossiya tartibsizliklar fonida AQShni "trolling" qiladimi", degan savolga javoban.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda AQShning demokratiya bo‘yicha "nasihatlari" ichki muammolari mavjud bo‘lgan davlatlar ustidan kulish tusini olgan, chunki Vashington o‘sha davlatlardagi vaziyatni ko‘rib turib shunday bayonotlar bilan chiqqan.

Politseyskiy Los-Andjelesa na fone gorashey mashini vo vremya protestov  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh olov ichida: Floyd o‘limidan so‘ng avj olgan to‘polon va tartibsizliklar – foto

"Bu ko‘p hollarda ichki muammolarni ko‘rib, ochiqchasiga kulish edi. Ko‘p hollarda boshqa davlatlarda o‘sha ichki muammolarning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shgan holda ular xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy tarmoqlar, brifinglar va boshqa joylarda albatta ommaviy bayonotlar bilan chiqish qilardi. Bizda bu podborka tayyor, biz shunchaki ertaga e’lon qilamiz", - deb qo‘shimcha qildi u.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, RF TIV AQSh haqidagi podborkani "trolling" maqsadida emas, balki shunchaki kelgusida yodda saqlashlari uchun e’lon qiladi.

"Nega deganda, Vashington, kelgusi safar, bu juda yaqin orada sodir bo‘ladi, kimgadir o‘sha aytganimizdek, demokratiyadan saboq bermoqchi bo‘lganida, ichki muammolar bilan qanday yashash keragu bu muammolarni qanday yengish lozimligi haqida gapirishni istaganida, ularga bu eslatma bo‘ladi", - dedi Zaxarova va ayni dam AQSh "trollingi" mavridi emasligini, nega deganda, AQShdagi noroziliklar - bu real muammoligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, afroamerikalik Jorj Floyd Minneapolisda politsiyachilar qo‘lida nobud bo‘lgach AQShning yirik shaharlarida noroziliklar va tartibsizliklar to‘lqini avj olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0