Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qozog‘iston aniqlangan holat va o‘lim bo‘yicha yetakchi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlarida jami 23 mingdan koronavirus bog‘liq holat qayd etilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha katta farq bilan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida jami 23 335 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Qozog‘iston aniqlangan holat o‘lim bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda o‘tgan kun davomida 183 ta yangi holat tasdiqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 12 694 nafarga yetgan. Shulardan 7135 nafari tuzalib ketgan. 53 ta o‘lim holati kuzatilgan.

May oyi boshida mamlakatda koronavirus aniqlanganini e’lon qilgan Tojikiston bugungi kunga kelib holatlar bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘izistonni ortda qoldirgan holda mintaqada ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Tojikistonda o‘tgan kun davomida 83 kishida koronavirus aniqlangan. Shu tariqa, COVID-19 yuqtirib olganlar soni 4453 nafarga yetgan. Shulardan 2583 nafari tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Qurbonlar soni esa 48 kishini tashkil etmoqda.

Jiteli Samarkanda okolo pamatnika pervomu prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya davrida O‘zbekistonda necha kishi ishsiz qolgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda o‘tgan kun davomida 87 ta yangi holat aniqlandi. Shulardan bemorning 62 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 20 tasi aholi orasida, 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 4181 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 3268 nafari butunlay davolanib chiqqan. Virusdan 17 ta o‘lim holati kuzatilgan. Bu boshqa davlatlarga qaraganda eng past ko‘rsatkich.

Qirg‘izistonda o‘tgan kun davomida 33 ta yangi koronavirus holati tasdiqlangan. Mamlakatda jami 2007 kishi ushbu kasallikni yuqtirib olgan. 1425 kishi COVID-19ni yenggan. 22 nafar bemor vafot etgan.

Turkmanistonda esa hozirga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan va u mintaqadagi infeksiyadan xoli mamlakat bo‘lib turibdi.

Butun dunyo bo‘ylab 7 millionga yaqin kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 3,4 milliondan ortiq kishi shifo topgan. Qurbonlar soni 400 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0