Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

© railway.uzElektropoyezd
Elektropoyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysida halqa yo‘lovchi elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda. Yo‘lning umumiy uzunligi 331 km va u vodiyning asosiy shaharlarini qamrab oladi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Farg‘ona vodiysi bo‘ylab halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan sonida ma’lum qilindi.

Harakat “Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha ekspress elektropoyezdda va “Qo‘qon-Namangan-Andijon-Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezdda tashkillashtiriladi.

© Mejdunarodniy press-klubKolsevuyu elektrichku planiruyetsya zapustit v Ferganskoy doline
Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kolsevuyu elektrichku planiruyetsya zapustit v Ferganskoy doline

Halqa yo‘lning umumiy uzunligi 331 kmni tashkil etadi. To‘xtab turish bekatlari ekspress elektropoyezdda – 5 ta, elektropoyezdda – 35 ta.

Ekspress elektropoyezdda yo‘lda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Yo‘lovchilarning yillik oqimi ekspress elektropoyezdda 214-429 ming, elektropoyezdda esa 429 mingdan 858 minggacha bo‘lishi kutilmoqda.

Yo‘l chiptasi narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘lishi kutilmoqda.

© Mejdunarodniy press-klubKolsevuyu elektrichku planiruyetsya zapustit v Ferganskoy doline
Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kolsevuyu elektrichku planiruyetsya zapustit v Ferganskoy doline

Poyezdlar konditsioner, Wi-Fi va USB quvvatlagich bilan jihozlanadi. Shuningdek, bufet, moto-velosiped uchun maxus joy, biohojatxona boshqa qulayliklar yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0