Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi

© SputnikRossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi. Fuqarolar “Mashtakovo” nazoratdan o‘tish joyidan chegarani kesib o‘tishdi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Samara viloyati chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga asosan.

Ochered avtomobiley na granitse s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Samaradagi observatsiya lageridan birinchi video

“Bugun 367 nafar O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyati hududini tark etdi. Ular Qozog‘iston bilan “Mashtakovo” nazoratdan o‘tish joyidan chegarani kesib o‘tishdi”, - deb xabar qildi agentlik suhbatdoshi.

Qo‘shni respublika hududidan o‘zbekistonliklar avtobuslarda vatanga olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval TIV Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani haqida xabar bergandi.

Bu masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olinib, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokara olib borildi.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.

Yangiliklar lentasi
0