Turkiya iyun oyi davomida O‘zbekiston bilan aviaparvozlarni tiklaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport imeni Ataturka
Mejdunarodniy aeroport imeni Ataturka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet eldan keladigan barcha yo‘lovchilar aeroportlarning o‘zida koronavirusga test topshirishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Turkiya iyun oyida koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston bilan vaqtincha to‘xtatilgan aviatashuvlarni qayta tiklamoqchi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Aviakompaniyalar O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilar haqida DXXga oldindan xabar qiladi

"Iyun oyida biz bosqichma-bosqich 40 mamlakatga parvozlarni tiklashni rejalashtirmoqdamiz. O‘n beshta davlat bilan o‘zaro parvozlar haqida dastlabki kelishuvlarga erishildi. 10-iyundan Bolgariya, Gretsiya, Baxrayn, Qatar va Shimoliy Kiprga parvozlar boshlanadi. Oy davomida bu ro‘yxatga GFR, Niderlandlar, Belgiya, Finlyandiya, Shveysariya, Avstriya, Italiya, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus, Moldaviya, Litva, O‘zbekiston, Ukraina va boshqa davlatlar qo‘shilishi mumkin", - deya bayonot qildi Turkiya transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog‘lu.

Shuningdek, vazirning ta’kidlashicha, xorijdan keladigan barcha fuqarolar aeroportlarning o‘zida koronavirusga testdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Turkiya fuqarolari 14 kun uyida o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishga majbur bo‘ladilar.

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni Turkiya mamlakatga tibbiy muassasalarda davolanish uchun keladigan o‘zbekistonliklar uchun o‘z chegaralarini ochgan edi.

Bemorlar foydalanishlari mumkin xizmatlar turi ro‘yxatiga: ortopediya, travmatologiya, umumiy jarrohlik, bolalar jarrohligi, urologiya, ko‘z kasalliklari, kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, gematologiya, reproduktiv terapiya, ichki organlar transplantatsiyasi kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0