Rossiyada migrantlar uchun onlayn-platforma joriy etilmoqda 

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yaratilayotgan yangi platforma nafaqat migrantlarga davlat xizmatlarini onlayn tartibda olish, balkim migratsiya jarayonini yaxshiroq nazorat qilish imkonini ham beradi.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Rossiya Federal Migratsiya xizmatining sobiq rahbar o‘rinbosari Vacheslav Postavnin migrantlar uchun ishlab chiqarilayotgan yangi platformaning ustuvorlik tomonlari haqida Sputnik radiosiga aytib berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra yangi platforma - bu zamonaviy yechim bo‘lib, u migratsiya bilan bog‘liq jarayonlarni yengillashtirish, migrantlarga davlat xizmatlarini onlayn ravishda ko‘rsatish imkonini yaratadi. 

O‘zbekiston va Tojikistonlik mehnat migrantlari o‘z vatanida bo‘la turib ushbu platformaga kirishi va patent rasmiylashtirish jarayonlarini boshlash imkoniga ega bo‘ladi. Undan tashqari bu mehnat jarayonini nazorat qilish hamda xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham yaxshi, biz kim qayerda ishlab qayerda yashayotganini bilib turamiz, - deydi Postavnin.   

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya IIV mehnat migrantlari uchun Gosuslugi.ru portaliga o‘xshash onlayn platforma yaratilayotgani va unda turli davlat xizmatlarini onlayn olish mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada chet el fuqarolariga ham xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin

Shu bilan birga Davlat Dumasi yaqinda chet el fuqarolari o‘zlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarida xorijliklarni ro‘yxatga qo‘yish huquqini beruvchi qonun qabul qilgan edilar. Yangi qonunga ko‘ra kelajakda migrantlar uchun muhim bo‘lgan "Registratsiya" hujjatini onlayn olish tartibi ham nazarda tutilgan. 

Ushbu platforma texnik jihatdan qanday amalga oshirilishini hamda qachon ishga tushishi hozircha noma’lum. 

Sobiq amaldor bilan suhbatni Sputnik podkastida batafsil tinglang.

Postavnin: onlayn-platforma dlya migrantov - eto sovremennoe reshenie
Yangiliklar lentasi
0