Yengillashtirilgan karantin: qaysi talablar saqlanib qolinmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotoriy daje zimoy bil vsegda polon
Nesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotoriy daje zimoy bil vsegda polon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 5-iyun va 15-iyundan boshlab qator muassasalar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. Xo‘sh, shu bilan birga qaysi talablar saqlanib qolinmoqda?

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 5 va 15-iyundan karanin choralari yengillashtirib, qator muassasalar faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Shu bilan birga barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlanib qolinmoqda:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
  • ta’lim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • ko‘ngilochar obyektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o‘quv mashg‘ulotlari va O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarida obyektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli obyekt hududi doirasida tashkil etish.

“Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Prazdnichniy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "yashil" hududlarda masjidlar o‘z faoliyatini tiklaydi

Shuningdek, karantin sharoitida umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib hamda karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik subyektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0