Avtoekspert O‘zbekistonda Volkswagen Caddy ishlab chiqarilishi istiqboli haqida fikr bildirdi

© Foto iz lichnogo arxiva Andreya OsipovaNezavisimiy avtoekspert Andrey Osipov
Nezavisimiy avtoekspert Andrey Osipov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Volkswagen o‘zining Caddy modelini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Ilk mashinalar iyul oyida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Mustaqil avtoekspert, Osipov.pro sayti muharriri Andrey Osipovning fikriga ko‘ra, mashina yuqori narxi tufayli ommabop bo‘lolmaydi, ammo yangi o‘yinchi bozorni sezilarli darajada jonlantiradi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Caddy modelining turli xil ko‘rinishlari kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek, salon kengligi muhim bo‘lgan avtohavaskorlar, masalan, katta oilalar orasida juda mashhur.

Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi

“Raqobatchilarga va muqobillarga kelsak, LADA LARGUS bu ma’noda, afsuski, o‘zining ko‘rsatkichlari va hatto salon hajmi jihatidan ortda qoladi. Menimcha, ba’zi xaridorlarga O‘zbekistonda yig‘iladigan yangi model yoqadi, biroq baland narx bois ko‘pchilikning sotib olishga imkoni bo‘lishi dargumon”, - dedi Osipov.

Uning fikricha, ishlab chiqarilgan avtomobillarning aksariyat qismi eksport qilinadi, bu o‘z o‘rnida respublikada Rossiya avtomobillarining narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qanday bo‘lmasin, uning ishonchi komil, ichki bozorga yangi o‘yinchi kelishi iste’molchiga ko‘proq tanlov imkonini beradi va umuman sog‘lom raqobatni rivojlantirishga yordam beradi.

Ekspertning batafsil sharhini quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Avtoekspert: model ot Volkswagen vrad li stanet massovoy v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0