TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi katta yoshdagi koronavirus bemorlarni davolash uchun dorilar ro‘yxatini kengaytirdi.
Ro‘yxatda IFN-β1b rekombinanti, IFN-α rekombinanti va Umifenovir bilan birgalikda qo‘llash kerak bo‘lgan Favipiravir, Gidroksizloroxin, Mefloxin, Azitromitsin, Lopinavir va Ritonavir kabi dorilar ko‘rsatilgan.
Tasdiqlangan kasallikni davolashning yettinchi metodik tavsiyalar versiyasi Rossiya va xorij klinik tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
Yangi versiyada barcha bo‘limlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.
Shuningdek, vazirlik tibbiyot muassasalariga kelayotgan barcha bemorlardan antitanacha va COVID-19ga test olishni tavsiya qilgan.
Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 432 mingdan oshgan. Shulardan 195 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 5 215 ta o‘lim holati qayd etilgan.