Ganga ko‘prigi ustidagi yirik YTH sababi aytildi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Tashkente proizoshlo DTP s uchastiyem semi avtomobiley.
V Tashkente proizoshlo DTP s uchastiyem semi avtomobiley. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3 ta Lacetti, Spark, Nexia, Toyota va Malibu avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ular orasida Turkiya fuqarosi ham bor.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkentda 7 ta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa sababini o‘rgandi.

V Surxandarinskoy oblasti “KamAZ” sbil jenshinu - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda “KamAZ” haydovchisi 65 yoshli ayolni urib yubordi

Ma’lum qilinishicha, 2-iyun kuni soat 19:00 larda Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi Ganga avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagan.  Bu esa yettita bir yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobillar to‘qnashuviga olib kelgan. Ular harakat davomida oraliqdagi masofani saqlamagan. Bu YTHga sabab bo‘lgan.

YTH ishtirokchilari: 38 yoshli Lacetti haydovchisi O.N., 28 yoshli Spark haydovchisi A.M., 24 yoshli Nexia haydovchisi Sh., 43 yoshli Lacetti  haydovchisi Turkiya fuqarosi B.T.,  34 yoshli Lacetti haydovchisi Z.M., 25 yoshli Toyota haydovchisi S.E., 29 yoshli Malibu haydovchisi S.T.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0