TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Tojikistonning 200dan ortiq fuqarorali Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston bilan chegara qismida turib qolishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Ikki oydirki, ular karantin tufayli vatanga qayta olmayaptilar. Bu MDH davlatlarida pandemiya tufayli hamma yoqda chegaralar yopila boshlagani tufayli ro‘y berdi.
Mehnat migrantlari oilalari bilan birgalikda uylariga shoshildilar, ammo barcha chegaralarni kesib o‘tishga ulgurishmadi.
Shu bilan birga tojikistonliklar sanitariyaga zid shart-sharoitlarda yashayotganliklari, vafot etgan vatandoshlari jasadlari borligi, ammo o‘zbekistonlik bojxonachilar ularni chegaradan o‘tkazishmayotganidan nolimoqda.
Tojikiston fuqarolarining aksariyatida mablag‘lar tugagan, ular hatto o‘zlariga oziq-ovqat ololmayapti.
"Ana u yerda qozon turibdi. Ovqat pishiramiz. Yuz nafarga yaqin odam ovqatlanadi, qolganlari och. Bu yerda homilador ayollar ham bor", - deb hikoya qiladi tojikistonlik Umar Xamidov.
Uning aytishicha, ayollar axlat paketlardan o‘zlariga vaqtinchalik boshpana tayyorlaganlar, hozirda avtoturargohlarda kartonlarda bolalar bilan birgalikda tunashayotgan ekan.
Shu bilan birga ularning hech birining yuvinishga imkoniyati yo‘q, ayrimlari esa oxirgi marta 20 kun oldin yuvingan.