Toshkentda 2300 dan ziyod kishini chuv tushirgan agentlik qalloblari ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” rahbarlari fuqarolarning 24,2 mlrd so‘mini yeb ketgan.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkentda jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” rahbarlari ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sudlanuvchilar:

Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori),

Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning Namangan viloyat filiali direktori),

Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikn ta’sischisi),

Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning o‘quv ishlari bo‘limi direktori),

Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi),

Orifjon Jo‘rayev (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning Namangan viloyat filiali g‘aznachisi),

Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning hisobchisi),

Ra’no Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, agentlikning kadrlar bo‘limi inspektori),

Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, agentlikning hamkori)

Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi).

Sudlanuvchilar O‘zbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV koreyalik "ishbilarmondan" jabr ko‘rgan fuqarolarni qidirmoqda

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2 372 jabrlanuvchi va 4 fuqaroviy da’vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd. so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.

Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 8-iyun kuniga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ fuqarolarga ularni ishga joylashtirish haqida yolg‘on va’dalar berib, ularning juda ko‘p pullarini o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborishgan.

Yangiliklar lentasi
0