QQS to‘lovchilariga viloyat DSQlarida xizmat ko‘rsatiladi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Mujchina rabotayet s bumagami
Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-oktabrga qadar barcha QQS to‘lovchilar tuman DSQlariga emas viloyat DSQlariga hisobot topshirish tartibiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun Soliq organlarining tarkibiy tuzilmasi o‘zgartirilmoqda, deb xabar qilmoqda DSQ matbuot xizmati. 

Xususan, umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari hisoblanadigan barcha QQS to‘lovchilarining soliq ma’muriyatchiligi bosqichma-bochqich yangi darajaga o‘tadi, deyilgan xabarda.

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
QQS to‘lash muddatini uzaytirish tartibi belgilandi

Xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi birinchi bosqichda Toshkent, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida joriy etiladi. Unga ko‘ra, 1-iyundan boshlab umumbelgilangan soliq to‘lovchilariga avvalgidek tuman inspeksiyalarida emas, balki viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida xizmat ko‘rsatiladi.

2020 yil 1-iyuldan boshlab mazkur uchta hududda soliq to‘lovchilarning ushbu toifasining soliq ma’muriyatchiligi to‘liq Toshkent shahar va viloyat DSBlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi mexanizm xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirishga yordam beradi, soliq to‘lovchilarning soliq organlariga birinchi murojaatida yechimini topmagan muammosi bo‘yicha yuqori organga murojaat qilish holatlari bir necha barobar kamayadi.

Tarkibiy tuzilmani qayta tashkil etish tadbirkorlik subyektlaridan hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab qilmaydi. O‘tkazish soliq xizmati xodimlari tomonidan ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun. Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasida 96 130 ta subyekt QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu tartib birinchi bosqichda Toshkent shahri, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladi va 29 170 ta QQS to‘lovchisini qamrab oladi (jami uchta hudud bo‘yicha). Keyinchalik, boshqa hududlar bosqichma-bosqich qamrabolinadi, 1-oktabrdan boshlab esa ushbu mexanizm butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0