Kosachov AQShdagi namoyishlarga Rossiya aloqadorligi haqidagi so‘zlarni yolg‘on deb atadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishProtestuyushie v Minneapolise
Protestuyushie v Minneapolise - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Suzan Rays ilgariroq AQShdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. AQShda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda Rossiyani ayblash, ham doimgidek, soxta xabarlarga asoslangan yana bir Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi bo‘lishi mumkin, dedi Rossiya Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachov.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova AQShdagi tartibsizliklar ortida Rossiya turishi haqidagi ayblovga javob qaytardi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Suzan Rays ilgariroq AQShdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Rays biron bir isbot yoki aniq dalil keltirmadi.

“Amalga oshdi. Amerikaning soxta xabarlar mashinasi uzoq kutilgan harakatlarga yog‘sirab g‘ichirab, shang‘illab kirishdi”, -  deb yozdi Kosachov feysbukda.

“Bu juda kulgili bo‘lgan bo‘lar edi. Biroq bu juda qayg‘uli bo‘ladi, chunki qarg‘alar uchishidan oldin birinchi qaldirg‘och bo‘lishi mumkin”, - dedi senator.

Parlament a’zosining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington ongiga "bu safar Amerika shaharlarida sodir bo‘layotgan barcha dahshatlar yetib boradi – jabrlanayotganlarning barchasiga va bo‘lajaklariga samimiy hamdardlik so‘zlari, hamda, milliy fojia ustidan siyosiy o‘yinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiygina  o‘zini o‘zi asrash instinkti yetarlicha bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Uchastniki protesta, vizvannogo smertyu afroamerikansa Djordja Floyda, na odnoy iz ulis Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
“Ehtimol, bu ruslar”: AQShning mutlaq quroli buzildi

Kosachov, shuningdek, Raysning bayonoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat ekanini ta’kidladi –  bu nafaqat bu holatda umuman aralashmagan Rossiyaga, balki o‘z halqi va AQSh fuqarosi Jorj Floydning xotirasiga nisbatan haqoratdir.

Afro-amerikalik Jorj Floyd politsiya qo‘lidan halok bo‘lganidan keyin Minneapolis va boshqa bir qator shaharlarda tartibsizliklar avj oldi. Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab, uni yiqitib, uchtasi uning ustiga chiqib olgani, ulardan biri esa tomog‘ini tizzasi bilan ezib turgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi, so‘ngra tinchlanib qoladi. U jonlantirish bo‘lmida vafot etdi. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0