Gurlanda sobiq “Agrobank” rahbari imtiyozli kreditni talon-taroj qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq bank rahbari tanishining nomiga G.TAMORQA” MChJni tashkil etgan. Amalda uni o‘zi boshqarib, korxonaga 400 mln so‘m imtiyozli kredit ajratgan.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq “Agrobank” ATB bank rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Mansabdorlar elektr jihozlar xarid qilish bahonasida 5,4 mlrd so‘mni talon-taroj qildi

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bank filiali sobiq rahbari O.Sh. o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda tanishi S.K.ning nomiga “G.TAMORQA” MChJni tashkil etgani aniqlangan.

Amalda esa ushbu jamiyatni o‘zi boshqarib, davlat dasturi asosida berilgan mablag‘lar hisobidan korxonaga 400 mln so‘m imtiyozli kredit ajratgan. Kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflab, garovga qo‘yilgan mulkni esa soxta hujjatlar bilan garovdan chiqargan. Natijada pullarni talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0