O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro yuzasidan ma’lumot berildi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevKpp na granitse
Kpp na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashishgan.

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning So‘x tumani va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani aholisi bir-birini toshbo‘ron qilgani aytilgan video tarqalgan edi. Sputnik Qirg‘iziston nashrining mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib yozishicha, janjalga Chashma bulog‘i suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab bo‘lgan. Tomonlar buloq qaysi mamlakatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0