TOShKENT, 31-may — Sputnik. Koronavirus tufayli yopilgan Quddus shahridagi Al-Aqso masjidi 70 kundan so‘ng ibodat uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar qilmoqda.
“Quddusdagi Al-Aqso masjidi bugun tongda koronavirus tufayli 70 kun yopilgandan so‘ng ochildi”, - deyilgan xabarda.
Masjid direktori Umar al-Kisvani masjid Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga amal qilgan holda ochilganini ma’lum qilgan.
Al-Aqso masjidi mo‘min-musulmonlar uchun Makka va Madina shaharlaridagi Masjidul Haromlardan keyingi uchinchi ulug‘ qadamjo hisoblanadi.