TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiyada so‘nggi sutka davomida koronavirus bilan bog‘liq 9268 ta yangi holat aniqlandi. Aniqlangan holatlarning umumiy soni 405 843 taga yetdi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi ma’lumotlari darak bermoqda.
Eng ko‘p holat Moskvada (+2595) aniqlangan. Moskvada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 180 791 nafarga yetgan.
Rossiyada koronavirusdan 171,8 mingdan ziyod kishi tuzalib ketgan. 4693 ta o‘lim holati qayd etilgan. Dunyoda Rossiya koronavirus bo‘ycha AQSh va Braziliyadan keyingi o‘rinda qayd etilgan.