Navbatdagi insonparvarlik yordami: O‘zbekiston Tojikistonga ming tonna un jo‘natdi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo muki
Proizvodstvo muki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, bu galgi yordam yuki oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, jumladan, 1 000 tonna undan iborat.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashish uchun navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga 24 tonna dori-darmon yubordi

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyatidan temir yo‘l orqali Dushanbega olib kelingan.

Bu safar O‘zbekiston Tojikistonga tibbiyot vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, jumladan, 1 000 tonna un jo‘natgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikistonga 24 tonna dori-darmon yuborgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0