Mashinani o‘zboshimchalik haydagan o‘smir 6 yoshli bolaning umriga zomin bo‘ldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Djizaxe podrostok sbil nasmert 6-letnego malchika
V Djizaxe podrostok sbil nasmert 6-letnego malchika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarovsiz qoldirilgan “Gaz-69” mashinani 15 yoshli S.E. o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lgan. Uni yurgazib o‘ynab yurgan 6 yoshli bolakayni urib yuborgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Jizzax viloyatida 6 yoshli bola yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Gruzovoy avtomobil nayexal na povozku - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi – qurbon bor

Qayd etilishicha, 30-may kuni Sharof Rashidov tumani, “Ravalliq” MFY Gulshan ko‘chasidagi xonadonlarning biriga stol va stul olib kelgan “Gaz-69” haydovchisi mashinasini qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan uning 15 yoshli tanishi S.E. avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lgan. Uni yurgazib, shu uyning oldida o‘ynab yurgan 6 yoshli B.X.ni urib yuborgan.

Natijada B.X. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0