Toshkentda massaj saloni bahonasida fohishaxona ochganlar fosh etildi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarning qilmishi fosh qilindi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkentda massaj saloni bahonasida ochilgan ikkita fohishaxona fosh etildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, fuqarolar ko‘p qavatli uylardan joy olgan salonlardagi massaj takliflari, turli xil SPA-salonlar haqidagi e’lonlarni tekshirib berishni so‘rab murojaat qilishadi. Har bir bu kabi murojaat tekshiriladi.

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Karantindagi ishrat: Qo‘qonda fohishaxona fosh etildi

Shunday murojaatlar biri 22-may kuni olingan. Aniqlanishicha, Yunusobod tumanidagi salonlardan birida 43 yoshli O.U. 500 ming so‘m evaziga xilvat uchun sharoit yaratgan.

Ikkinchi holat 27-may kuni aniqlangan. Tadbir davomida Shayxontohur tumanidagi salonlardan birida 22 yoshli K.M. 100 dollar evaziga ikki kishining qovushishi uchun xona ajratib berishi ma’lum bo‘lgan.

Har ikkita holat yuzasidan JKning 131 moddasi 2 qismi bilan (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) jinoiy ish ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0