TOShKENT, 30-may - Sputnik. "UzAutoMotors" AJga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarolarning 42 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, "UzAutoMotors" AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Departament Asaka tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkaziladi.
Natijada "U-C" qo‘shma korxonasi AJ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.Yu., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib tumandagi "UzAutoMotors" AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yish va’dasi bilan 31 nafar fuqaroning 42 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.