TOShKENT, 30-may - Sputnik. 30-may holatiga ko‘ra Samarqand Viloyatidagi "Yashil", "Sariq" hamda "Qizil" hududlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Sakkizat hudud "yashil", ya’ni xavfsiz hisoblanadi. Bular: Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Qo‘shrabot, Nurobod, Bulung‘ur, Paxtachi va Jomboy (o‘rta xavfli) tumanlaridir.
Xavf yuqori bo‘lib turgan hududlar ro‘yxatiga esa: Samarqand shahri, Samarqand tumani, Oqdaryo tumani, Ishtixon, Payariq, Tayloq, Urgut, Pastdarg‘om tumanlari kirgan.
Sal oldin amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.