TOShKENT, 30-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashiga qator davlatlar turistlari uchun kirish cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha taklif kiritdi.
"Ko‘plab davlatlar, iqtisodi turizmga bog‘liq bo‘lgan davlatlar o‘z chegaralarini ochayotgani haqida e’lon qildi. Biz nafaqat bizning davlatimiz ichida bo‘ladigan, balki atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ham muhokama qilishimiz kerak", - dedi Putin RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, RF koronavirus tarqalishi fonida 27-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan muntazam va charter aviatashuvlarni to‘xtatgan edi.