O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l transportida yuk tashish tariflarini 50 foizga pasaytiradi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTeplovoz s gruzovimi vagonami
Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikram Niyozxo‘jayev Qozog‘iston mahsulotlari O‘zbekiston orqali Afg‘oniston bozoriga chiqish bo‘yicha logistika istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llarda yuk tashish tariflarini pasaytirishga kelishib oldi.

O‘zagrotexsanoatxolding budet proizvodit traktori v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zagrotexsanoatxolding Qozog‘istonda traktorlar ishlab chiqaradi

Tomonlar tariflarni 50 foizga qisqartirishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikram Niyozxo‘jayev ma’lum qildi.

"Hozirda temir yo‘l tariflari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘istonning tegishli xizmatlari temir yo‘l transportida 50 foizlik chegirma taqdim etish to‘g‘risida kelishuvni imzoladilar, ya’ni, ushbu masalalar endi ikki tomondan ham to‘laligicha ko‘rib chiqildi", - dedi Niyozxo‘jayev Saratovda "Joriy sanitar-epidemiologik vaziyat tugaganidan so‘ng YeOII mamalakatlari savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida tashkil etilgan xalqaro videokonferensiyada.

Shuningdek, elchi Afg‘oniston hududida temir yo‘l transporti uchun tariflarni pasaytirish masalasi ham faol ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.

Niyozxo‘jayevning fikriga ko‘ra, ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tovarlar chegaraga yetib borgunga qadar yoki mahsulotlar mamlakat ichida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinishini nazarda tutuvchi tizim yaratish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aprel oyidan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali olib kirilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar respublika bojxona organlariga oldindan elektron ko‘rinishda taqdim etilishini talab qiluvchi tizim joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0