TOShKENT, 29-may - Sputnik. Jizzax viloyatida velosiped motokross bilan shug‘ullanadigan sportchilar uchun VMX trassasi qurilishi boshlandi.
VMX Olimpiada dasturiga kiritilgan sport turlaridan biridir.
"Hozirda Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati bilan birga trassa quriladigan hududni sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu loyiha viloyat hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda", - deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ushbu trassa Ukraina, Fransiya va Belgiya mutaxassislari tomonidan loyihalashtiriladi.
Xalqaro aviareyslar ochilgandan keyin, obyekt qurilishini mutaxassislar nazorat qiladi. Trassa joriy yilning sentabr oyida ochilishi kutilmoqda.
VMX o‘zi nima?
VMX Racing (velosipedli motokross) - bu sport yangi turlaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, to‘siqli qisqa masofalarda bellashadilar. Musobaqaning barcha ishtirokchilari poygani sport turi bilan bir xil nomdagi velosiped turida - VMXda amalga oshiradilar.
Ushbu sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturiga 2008-yilda kiritilgan.